"Lids Yunayted" hujumchisi jamoada qoladi. Xabarlarga ko'ra, bosh murabbiy Daniel Farke Patrik Bemfordni olib qolmoqchi. Nemis mutaxassisi hujumchini qadrlaydi va yangi mavsumda asosan unga suyanishni maqsad qilgan.

Bemford o'tgan mavsumda 6 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgandi. U jarohatidan keyin ikki mavsum davomida davolanishiga to'g'ri kelgan.

Manba: caughtoffside.com