"Lids Yunayted" arzon-garov evaziga sifatli futbolchiga ega chiqmoqchi

"Lids Yunayted" himoyachi sotib olishga harakat qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, "QPR" futbolchisi Sem Fild yorkshirliklar radariga tushgan. 25 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumdagi eng barqaror futbolchilardan biri bo'lgandi.
U ayni damda 3 million funtga baholanmoqda. "Lids" ustozi Daniel Farke "Liverpul" tarbiyalanuvchisi Nat Fillipsga ham qiziqish bilan qarayotgan edi.
Manba: newsnow.co.uk