"Lids" va "Kristal Pelas" hujumchiga muhtoj

"Lids Yunayted" hamda "Kristal Pelas" bir futbolchi uchun kurash olib boradi. Xabarlarga ko'ra, Shimoliy Irlandiya terma jamoasi a'zosi Jek Xastings ingliz klublari nazariga tushgan.
17 yosh bo'lishiga qaramay, u bu mavsumda bir nechta klublar safida 20 ta golga mualliflik qilgan. Yanvarda u sotib olinishi mumkin. Xastings narxi 10 million funtga teng.
Manba: caughtoffside.com