"Lids" "PSJ" talabini qabul qilishga tayyor

"Lids Yunayted" tez orada yangi hujumchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "PSJ" futbolchisi Arnaut Kalimuendo APLga, "Lids"ga keladi. Bu haqida avval ham xabar qilingandi.
Ammo ayni damda ingliz klubi u uchun belgilangan narxni to'lay olishiga ishora qilmoqda. 20 yoshli talant 25 million funtga baholangan. Jessi Marsh esa Kalimuendoni sotib olish orqali Patrik Bamfordga hujumda raqobat muhitini yaratmoqchi.
Manba: caughtoffside.com