"Lids"ning 20 millionlik hujumchisi Italiyaga qaytadi

"Lids Yunayted" hujumchisi o'z yurtiga qaytadi. Xabarlarga ko'ra, A seriya klublari Vilfrid Nonto transferiga qiziqish bildirgan. 19 yoshli vinger ayni damda "Milan", "Inter" va "Fiorentina" radarida turibdi.
"Lids" o'z futbolchisini 20 million evroga baholagan. Italiya terma jamoasi a'zosi o'tgan mavsumda APLda 4 ta gol va shuncha assist qayd etgan edi.
Manba: newsnow.co.uk