"Lids" "Liverpul" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

"Lids" klubi rahbarlari yozgi transfer oynasida "Liverpul"ning yaponiyalik yarim himoyachisi Takumi Minamino bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Anfield Watch xabariga ko'ra, "tovuslar" 27 yoshli yaponiyalik futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda, u o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun klubini o'zgartirishga qarshi emas, chunki Takumi "Liverpul"da kamdan-kam holda maydonga tushmoqda.
Qayd etish joiz, yaponiyalik futbolchiga “Lids”dan tashqari “Latsio” va “Inter” ham qiziqish bildirmoqda.
Takumi Minamino joriy mavsumda “Liverpul” safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.