"Lids" Italiya terma jamoasi safida gol kiritgan eng yosh futbolchi bilan shartnoma imzoladi (foto)

Angliyaning "Lids" klubi Shveytsariyaning "Tsyurix" jamoasi hujumchisi Degnand Gnonto bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda "tovuslar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Lids" Gnonto bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan. OAV xabariga ko'ra, transfer summasi 4,5 million evroni tashkil qilgan.
Gnonto Italiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifi hisoblanadi.
