«Lids Yunayted»  «Xadersfild» klubi futbolchisi Levis O''Brayn uchun yangi taklif kiritdi. Bu haqda «Football Insider» nashri xabar qiladi. Unga ko'ra, «Lids» 5 million funtgacha taklif bilan chiqadi.

Marselo Bielsa tarkibini kuchaytirish uchun Chempionship klubi futbolchisiga muhtoj bo'lib turibdi. Qolaversa, uning narxi ham nisbatan klub uchun qulayroq.

Avvalroq 22 yoshli futbolchiga «MYu» 3 millionlik taklif kiritgani, biroq «Xadersfild» bu qiymatni rad etgani haqida xabar qilingan edi.  Futbolchini shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga etadi. U klub tarkibida 81 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Manba: footballinsider247.com