"Leyptsig" hujumchisi Lui Openda ko'plab klublarning nishonida turibdi.

Bild nashrining xabariga ko'ra, "buqalar" 24 yoshli belgiyalik futbolchiga ajoyib narx qo'yishgan - 100 million evro. Shu bilan birga, futbolchining shartnomasida 80 million evroga sotib olish varianti borligi qayd etilgan.

Biroq, bu variant bu yozda emas, balki keyingi yozda - 2025 yilda kuchga kiradi.

2023/2024 yilgi mavsumda Lui Openda "Leyptsig" safida 39 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi sheriklari safida 25 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Openda Belgiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.