«Bavariya» «Leyptsig» ustozi Yulian Nagelsmannga qiziqish bildirmoqda.

Ayni vaqtda «Leyptsig» myunxenliklardan hech qanday taklif olmagan. Shunday bo'lsa-da, Xans-Diter Flikning Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi haqidagi xabarlar klubni yangi murabbiy izlashga tushish ehtimolini oshirmay qolmaydi.

«Leyptsig» Nagelsmanni qo'yib yuborishni istamayapti, lekin «Bavariya»dan taklif bo'lsa, mutaxassis uchun 15-20 mln evro talab qilishini ma'lum qildi, deya xabar berdi Sport1.

Nagelsmann 2019 yildan beri «Leyptsig»ni boshqarib kelmoqda. 33 yoshli murabbiy bunga qadar «Xoffenhaym» klubini boshqargan.

Manba: Sport1