"Leyptsig" klubi himoyachisi Ibraima Konate faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda AS nashri.

"Barselona" himoyani kuchaytirish maqsadidi frantsuzni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Nemis klubi futbolchi transferidan 25-30 mln evro mablag' ishlab olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi bu mavsum Bundesligada 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.