«Real» hujumkor yarim himoyachisi Xorxe De Frutos faoliyatini «Levante»da davom ettiradigan bo'ldi.

Valensiyaliklar 23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi. Transfer summasi hozircha ma'lum qilinmadi.

De Frutos odatda o'ng qanot yarim himoyasida o'ynaydi, ammo u chap qanotda yoki hujumda ham o'ynay oladi. U yakunlangan mavsumni ijara asosida "Valyadolid" va "Rayo Valekano" klublarida o'tkazdi.