Levandovskining ketish sabablaridan biri ma'lum bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining nima uchun jamoani tark etmoqchi ekani ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, polyak futbolchisiga bosh murabbiy Nagelsmann tomonidan qo'llanayotgan taktika yoqmayapti.
Chunki nemis mutaxassisi "Bavariya" hujumchilariga tez-tez zarba berishga asoslangan o'yin qurmagan. Levandovski uchun "Barselona" asosiy da'vogar sanaladi.
Tez orada hujumchining agenti uning kelajagi borasida "Bavariya" rahbariyati bilan muzokaralar boshlaydi.
Manba: futaa.com