"Lester" "Yuventus" vingeri Matias Soule bo'yicha yaxshilangan taklif bilan chiqdi.

"Tulkilar" Argentina yoshlar terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi uchun 21 million funt to'lashga tayyor.

Avvalroq ingliz klubi Soule uchun 17 million va 4 million bonus taklif qilgandi, biroq turinliklar bunga rozi bo'lmadi.

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda "Lester" "Roma"dan oldinda.

Soule o'tgan mavsumni "Frozinone"da ijarada o'tkazdi va A Seriyaning 36 uchrashuvida 11 ta gol (5 ta penaltidan) urdi.