"Lester Siti" futbolchisi Vesley Fofana uchun "Chelsi" qiziqish bilan qaramoqda. Bu haqida Fabritsio Romano ma'lum qildi. Ammo "tulkilar" o'z himoyachisini sotish niyatida emas.

Ayni damda Fofana 90 million evroga baholangan. Shuningdek, "Lester" ham o'z navbatida "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Levi Kolvillga da'vogar sanaladi.

Fofana bundan 12 oy oldin o'rtoqlik o'yinida oyog'ini sindirib olgan edi.

Manba: caughtoffside.com