«Lester Siti» futbolchisi o'z vataniga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Frantsiyaning «Monako» klubi «tulkilar» yarim himoyachisi Bubakari Sumarega qiziqish bildirgan.

23 yoshli futbolchi «Lester» safida jami 30 ta o'yinda maydonga tushgan. «Monako» esa frantsuz o'yinchisiga 12 million evro taklif etgan.

Ammo bu taklif rad etilgan. «Lester» Sumare uchun kamida 20 million istamoqda.

Manba: bbc.com