"Nitstsa"da muammolar mavjud. Xabarlarga ko'ra, jamoaning yangi a'zosi bo'lgan Kasper Shmeyxel yangi klubga moslasha olmayapti. U maydonga tushmayotganidan darg'azab. Murabbiy Lyusen Favr uni 6 o'yindan buyon zaxirada qoldirmoqda.

Shmeyxel, shuningdek, ichki qoidalarga ham amal qilmagan. U mashg'ulotlarga kech qolib, tartibni buzgan. Daniyalik darvozabonda ortiqcha vazn ham paydo bo'lgan.

Manba: bbc.com