«Lester» Jeyms Jastin transferini e'lon qildi

“Luton” yarim himoyachisi Jeyms Jastin “Lester”ga o'tdi.
21 yoshli futbolchi “tulkilar” bilan besh yilga mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Jastin Angliyaning uchinchi divizionida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golga assisentlik qildi.