"Lester"dagi o'yini orqali tanilgan Slimani Belgiya chempionatiga yo'l oldi

Belgiyaning "Anderlext" klubi hujumchi Islom Slimanining ijarasi bo'yicha "Brest" klubi bilan kelishuvga erishdi.
Jazoirlik futbolchining ijarasi shu mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi 18 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Slimani faoliyati davomida "Sporting", "Lester", "Monako", "Fenerbaxche" va "Lion" klublarida o'ynagan.
Shuningdek, u 42 gol bilan Jazoir terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.