«PSJ» sport direktori Leonardoning ta'kidlashicha, hujumchi Neymarning jamoadan ketishi borasidagi muzokaralar oldinga siljish jarayonida.

«Muzokaralar siljimoqda. Ko'ramiz, nima bo'larkan. Uning kelajagiga oydinlik kiritish — barchamiz uchun kerak», – dedi Leonardo.

Parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Frantsiya chempionatining 1-turi doirasida 11 avgust bo'ladigan «Nim»ga qarshi o'yin qaydnomasiga braziliyalik futbolchini kiritmadi.

Hozirda Neymarni qo'lga kiritish uchun «Barselona» va «Real» klublari kurash olib borishmoqda.