"Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Frank Lempard murabbiylik faoliyatiga qaytishi ehtimoli bor.

U Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin.

Amaldagi murabbiy Endi Botroyd jamoasining Evro-2021da ko'rsatayotgan o'yinidan Angliya futbol assosiatsiyasi norozi. Jamoa 2 ta uchrashuvda 0 ochko to'pladi va guruhda qolib ketish ehtimoli mavjud.