"Inter" klubi forvardi Lautaro Martines yozgi transferlar oynasida jamoasini o'zgartirmasligini aytdi.

"Men yozda "Inter" dan ketmayman. Yaqinda men shartnomani uzaytiraman va mening rejam bu erda uzoq vaqt qolish," - dedi futbolchi La Gazetta della Sport nashriga bergan intervyusida.

Argentinalik hujumchiga "Barselona" va "Manchester Siti" jamoalari qiziqish bildirayotgan edi.

23 yoshli futbolchi bu mavsum A Seria doirasida 23 ta o'yin o'tkazib, 13ta gol o'rdi va 4ta golga assistentlik qildi.