"Latsio" ukrainalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor

Kievning “Dinamo” klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolay Shaparenko faoliyatini Italiyaning “Latsio” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Calcio Mercato nashri.
Manbaga ko'ra, rimliklar Shaparenkoning Evro-2024dagi o'yinini kuzatishgan va yarim himoyachi uchun 10 million evro to'lashga tayyor.
O'tgan mavsumda 25 yoshli Nikolay Shaparenko “Dinamo” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ukrainalik futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.