Ukraina terma jamoasi futbolchisi Artem Dovbik "Latsio"ga o'tishi mumkin.

Rim klubi "Dnepr-1" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Alfredo Pedulla. Tomonlar muzokarada, ehtimoliy transfer bonuslarni hisobga olmaganda 10-12 million evroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, hujumchiga A Seriyaning boshqa klublari, jumladan, "Torino" ham qiziqish bildirgan.

26 yoshli hujumchi Ukraina chempionatining so'nggi mavsumida 29 o'yinda 24 gol va 5 golga assistentlik qilgan va to'purarga aylangan.