"Latsio" prezidenti Klaudio Lotito jamoa futbolchisi Milinkovich-Savichning kelajagi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Nima, Milinkovich uchun 50 million taklif qilishdi? Kechirasiz, lekin men uni bu miqdorga sotmayman. Chunki u bundan ko'piga arziydi. Xullas, bu yoz uchun bizning rejalarimiz yakunlandi. Men hech qanday futbolchini sotmoqchi emasman. Hammasi Sarri aytganday bo'ladi".

"Latsio" Milinkovich-Savichni 2015 yilda "Genk"dan xarid qilgan. U uchun "MYu" qiziqish bildirmoqda.

Manba: caughtoffside.com