"Vest Xem" forvardi Felipe Anderson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Latsio" ingliz klubiga taklif bilan chiqqan. Rimliklar braziliyalik futbolchi uchun 8 million evro taklif qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Anderson "Portu"da ijarada o'ynadi.