"Latsio" hujumchisi Xoakin Korrea ushbu yozda klubini o'zgartirishga yaqin turibdi. Futbolchiga Angliya Premer-ligasidan uchta da'vogar paydo bo'ldi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.

 

Korreaning xizmatlariga "Arsenal", "Tottenxem" va "Everton" qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt 26 yoshli futbolchini 30 million evroga baholamoqda.