"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya bilan shartnoma imzolashga yaqin, deb xabar bermoqda Cat Radio nashri.

"Shaharliklar" himoyachisining shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi va u klubni tark etishi aniq bo'lib ulgurgan.

20 yoshli futbolchi asli "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi va u kataloniyaga qaytishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi bu mavsumda 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hali samarali harakat amalga oshira olmadi.