"Lans" hujumchisi "Milan"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi

"Lans" hujumchisi Lui Openda "Milan"ning yozgi mavsumdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Football Italia nashri xabariga ko'ra, "rossonerilar" belgiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga intilmoqda.
Openda Evropaning ko'plab top-klublari orasida talabga ega, biroq hozirgacha eng katta qiziqish "Milan" tomonidan kuzatilmoqda. Hujumchi Liga 1dagi ilk mavsumini o'tkazmoqda va u shu kungacha 19 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Openda ushbu mavsumda "Lans"ga Chempionlar ligasiga yo'l olishiga yordam berdi. Lui avvalroq Belgiya va Niderlandiya chempionatlarida o'ynagan.