"Napoli"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Mail Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, "shaharliklar" qishki transfer oynasida vingerning pozitsiyasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Klub hozirda 3 nafar futbolchini ko'zlamoqda. Gap Xvich Kvaratsxeliya ("Napoli"), Pedru Netu ("Vulverxempton") va Savio ("Jirona") haqida ketmoqda.

Joriy mavsumda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasida 20 ta o'yin o'tkazib, 43 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Ayni damda Pep Gvardiola jamoasi "Liverpul"dan ikki ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.