“Sassuolo” yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng “Barselona”ga o'tishga yaqin turibdi.

Kataloniya klubi 31 yoshli futbolchini 2 mln evro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Ganalik futbolchi Ispaniya chempionatiga tezda moslashib keta oladi. U 2016/17 “Las-Palmas” safida 28 ta o'yinda maydonga tushib 10 ta gol urgan.

E'tiborga olish joiz, Boateng “Milan”da o'ynab yurgan kezlarida “Barselona” darvozasiga gol urgan.