"Kristal Pelas" Zaa o'rnini kim bilan to'ldirmoqchi ekani ma'lum bo'ldi

"Kristal Pelas" Vilfrid Zaa o'rnini qanday to'ldirishni biladi. Xabarlarga ko'ra, "burgutlar" rahbariyati "Everton" vingeri Demaray Grey bilan shartnoma imzolamoqchi.
Yamayka terma jamoasi a'zosi uchun "Fulxem" ham da'vogar sanaladi va allaqachon 9 million funtlik taklif jo'natgan. Shuningdek, "Al-Hilol" ham vaziyatni kuzatmoqda.
Manba: caughtoffside.com