"Kristal Pelas" tekin hujumchini o'z tarkibiga qo'shib olish niyatida

"Kristal Pelas" yangi hujumchiga ega bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, "Fulxem"dan erkin agent sifatida ketgan Villian "burgutlar" radarida turibdi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda 27 ta liga bahsida maydonga tushgan. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta assist mavjud. 34 yoshli futbolchi "Kristal Pelas" uchun foydali xarid bo'lishi aytilgan.
Manba: caughtoffside.com