"Kristal Pelas" hujumchisi Xitoyda 4 yilda 44 mln funt ishlab topishi mumkin

"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa faoliyatini Xittoyda davom ettirish borasida taklif oldi.
Daily Mail xabariga ko'ra, "Dalyan Ifan" hujumchiga to'rt yillik shartnoma taklif qilmoqda, bu vaqt davomida u 44 mln funt ishlab topishi mumkin.
Ivuarlik futbolchi yozda "Kristal Pelas" bilan 2023 yilgacha yangi shartnoma imzolagan, unga ko'ra u haftasiga 130 ming funt ishlab topadi. BU Xitoy klubi taklif qilayotgan summadan 3 baravar kam.
26 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon "Kristal Pelas" tizimda bo'lib turibdi. 2010 yilda asosiy tarkibagi debyut o'yinini o'tkazgan.