«Krilya Sovetov» futbolchisi faoliyatini «Rubin»da davom ettiradi

Rossiyaning “Krilya Sovetov” klubi futbolchisi Evgeniy Bashkirov faoliyatini “Rubin”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchi “Rubin”liklar bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyati davomida “Zenit”, “Tom” klublari safida harakat qilgan.