"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini A seriyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Fichajes nashri. Futbolchiga "Milan" jamoasi qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar oynasida braziliyalikni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.

Filippe "Ko'k-anorranglilar"ning kelasi mavsum uchun rejalaridan o'rin olmagan va klub 28 yoshli futbolchini 50-60 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Ma'lumot o'rnida, Koutino kataloniyaliklar safida bu mavsumda 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: Fichajes