Frankfurtning “Aynraxt” klubi yarim himoyachisi Filip Kostich “Yuventus”ga o'tish arafasida. Jurnalist Romeo Agresti ijtimoiy tarmoqlarda Serbiya terma jamoasi futbolchisining Turinga etib kelgani haqida ma'lumot tarqatdi.

Yaqin orada yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tishi va Massimiliano Allegri jamoasi bilan shartnoma imzolashi kerak. Eslatib o'tamiz, Kostich avvalroq "Yuventus"ga o'tish uchun "Vest Xem"ga o'tishdan bosh tortgan edi.

Kecha Kostich UEFA Superkubogi doirasida "Real"ga qarshi o'yinda "Ayntraxt" tarkibida o'ynamadi.