Italiyaning “Yuventus” klubi Daniyaning “Kopengagen” jamoasi vingeri Runi Barjiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri.

Xabar qilinishicha, “keksa sinora” skautlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi “Kopengagen”ning “Bavariya”ga qarshi o'yiniga tashrif buyurgan va bu o'yin golsiz durang bilan yakunlangan. Barjining transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda 18 yoshli Runi Barji “Kopengagen” safida 20ta o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi.