Kingsli Koman Saudiya Arabistonidan kelgan ikkita taklifni rad etdi.

Bayern&Germany nashrining xabariga ko'ra, bu yozda Koman Saudiya Arabistonining ikki top-klubidan taklif olgan. Kingsliga mavsum uchun 65 va 45 million evro taklif tushgan. Klublarning har biri “Bavariya” yarim himoyachisiga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Koman takliflarni rad etgan. Frantsiyalik futbolchiga yiliga 100 million evro taklif qilinsa ham Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tish haqida o'ylamayapti.

Bundesliganing 2022/23 yilgi mavsumida Koman "Bavariya" safida 24 o'yinda 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.