"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Sten Kollimor "MYu"ning yangi xaridi borasida fikr bildirdi. U Andre Onana haqida shunday deydi:

"Menimcha, Onana yaxshi xarid bo'ldi. U oyoqda yaxshi o'ynaydi va bu ten Xag jamoasiga kerak bo'lgan jihatlardan biri edi. 27 yoshida u yaxshi darajaga ega va uzoq yillar klubga xizmat qiladi".

Onana "Inter"dan 47.2 million funtga xarid qilindi.

Manba: caughtoffside.com