«Roma» himoyachisi Aleksandr Kolarov «Inter»ga o'tadigan bo'ldi, deya xabar tarqatdi "Football Italia".

Jamoalar 34 yoshli futbolchining transferini 1 mln evroga kelishishdi. Shuningdek, rimliklar yana 500 ming evro miqdorida bonus olishadi. Dastlab «Roma» Kolarov uchun 2 mln evro talab qilgandi, yakunda esa «Inter» talab qilgan summaga rozi bo'lishdi.

Futbolchi «neradzurri» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng Serbiya terma jamoasi ixtiyoriga qaytib ketadi.