Klopp "Liverpul"ga "Chelsi" yarim himoyachisini olib kelmoqchi

"Liverpul" "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallagerga qiziqish bildirmoqda.
Ushbu transferga "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Mutaxassis jamoaning yarim himoya chizig'ini tiklamoqchi. Bu futbolchi "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Londonliklar futbolchini sotishga tayyor, bu ularga moliyaviy feyr-pley qoidalariga mos kelishiga yordam beradi.
Ma'lumki, Gallagerga Premer-liganing boshqa klublari ham da'vogarlik qilmoqda.