Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Aston Villa" va "Nyukasl" "Yuventus" hujumchisi Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli italiyalikning o'zi ingliz klublari takliflarini rad etgan.

Keza o'tgan mavsumda 33 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.