"Sunday Telegraph" nashrining yozishicha, Harri Keyn shu hafta "Tottenxem"rahbariyatiga "Manchester Siti"da faoliyatini davom ettirish istagi borligi haqida xabar beradi.

Avvalroq, Keyn bilan shartnoma imzolash "shaharliklar"ga 187 million evroga tushishi va u bilan tuzilgan shartnoma 5 yilga hisoblanishi aytilgan edi. Qolaversa, "Tottenxem"ning pirezidenti Daniel Levi hujumchining transferiga o'z roziligini berdi.

Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.