"Tottenxem" klubi etakchisi Xarri Keyn yozgi transferlar oynasida o'z klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchining o'zi faoliyatini boshqa erda davom ettirishni afzal ko'radi va u Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti"ga o'tishni xohlaydi. Shuningdek, unga mankunialiklar ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Keyn avvalroq "shporlar" rahbariyatiga klubni tark etishni xohlayotganini aytgan edi.