Kesse "Barselona"ni tark etadimi? Kroyf javob berdi

"Barselona" sport direktori Yordi Kroyff yarim himoyachi Frank Kessening yanvar oyida qo'yib yuborilmasligini aytdi.
Ivuarlik futbolchi hali Kataloniya klubida o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun mish-mishlar uni Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkinligi bilan faol bog'lashmoqda. Shuningdek, Kessega da'vogarlar orasida Angliya Premer-ligasi vakillari ham bor.
Kroyffning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi qishda klubni tark etmaydi: "Men bu xabarni o'qib chiqdim, ammo shuni ayta olamanki, Kesse bilan xayrlashish bizning rejalarimizda ham, futbolchining rejalarida ham yo'q", - dedi Kroyf Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Avvalroq, bosh murabbiy Xavi Ernandes 25 yoshli futbolchining ketishiga qarshi chiqqani ma'lum bo'lgandi.