Kay Xaverts "Arsenal"da eng ko'p maosh oladigan bo'ldi

"Arsenal"ning yangi xaridi bo'lgan Kay Xaverts jamoadagi eng katta maoshga ega futbolchiga aylandi. Xabarlarga ko'ra, 24 yoshli hujumchi Londonning qizil tomonidan haftasiga 385 ming funt maosh oladi.
U bir mavsumda 20 million evro olishi aytilgan. Xavertsdan oldin bu borada Tomas Parti etakchi edi. Xaverts "Chelsi"dan 65 million funtga xarid qilingan edi.
Manba: bbc.com