Hujumchi Edinson Kavani yaqin kunlarda «Benfika» bilan shartnoma imzolaydi.

Kelishuvga ko'ra, urugvaylik futbolchi 3 yil davomida lissabonliklar sharafini himoya qiladi. Uning yillik maoshi 8 million evroga teng bo'ladi. Kavani «PSJ»da yiliga 12 million evro ishlab topdi.

Edinson 2013-2020 yillarda «PSJ» sharafini himoya qilib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. U parijliklar safini erkin agent sifatida tark etdi.