«Kardiff» tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

“Nant” hujumchisi Emiliano Sala faoliyatini APLda davom ettiradi.
Argentinalik futbolchi “Kardiff” tarixida harid qilingan eng qimmat futbolchi bo'ldi. Ushbu transferning qanchaga amalga oshgani rasman e'lon qilinmadi.
Mish-mishlarga qaraganda, “Kardiff” ushbu futbolchi uchun 20 mln evro to'lagan.
Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Frantsiya chempionatida 12 ta golga mualifflik qildi.