“Atletiko” hujumchisi Nikola Kalinich “Shalke”ning diqqat e'tiboriga tushib qoldi.

Nemislar 31 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan mavsumning oxirigacha ijaraga olishga tayyor.

Biroq, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simone  Alvaro Morataning kelishiga qaramay xorvatiyalik futbolchini qo'yib yuborish niyati yo'q.

Ma'lumot o'rnida, Kalinich o'tgan yil “Milan”dan “Atletiko”ga 14,5 mln evro evaziga qo'shilgan edi.